Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Monday - Friday, 09:00 - 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

 30-aprel kuni Toshkent fotosuratlar uyida Vetnamning Gʻalaba kuni va qayta birlashuvining 50 yilligiga  bag‘ishlangan “O‘zbekiston va Vetnam do‘stona munosabatlari abadiydir” nomli arxiv fotosuratlar ko‘rgazmasi ochildi.✔️

Ko‘rgazmada vetnamlik talabalarning O‘zbekistonda ta’lim olishi, delegatsiyalar va rasmiylarning tashriflari, shuningdek, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari Xalqaro kinofestivaliga oid tarixiy fotosuratlar namoyish qilinmoqda.

Ayniqsa, 1959-yilda O‘zbekistonga Vetnamning birinchi prezidenti  Xo Shi Min tashrifiga bag‘ishlangan fotosuratlar  katta qiziqish uyg‘otdi. Chunki, bu fotosuratlar ilk bor keng jamoatchilikka taqdim etildi.

Ko‘rgazmada Vetnam diasporasi vakillari, jamoatchilik vakillari hamda oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirok etdi.

‼️ Tadbirda  so'z olganlar mazkur ko‘rgazmaning an’anaviy do‘stona aloqalarni mustahkamlash va ta’lim, madaniyat, turizm hamda iqtisodiyot sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirishdagi ahamiyatini ta’kidlab o‘tdilar.‼️

🎓O‘zbekiston va Vetnam — uzoq tarixiy munosabatlarga ega do‘st xalqlardir. O‘zbekiston ta’lim muassasalarida 3500 dan ortiq vyetnamlik talabalar tahsil olgan va ular mamlakatimizga samimiy do‘st sifatida do‘stlik rishtalarini mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi.