Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
2025 yilning 1 avgust kuni soat 17:00da O'zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyida **O'ZBEKISTONDA "YAPONIYA MADANIYAT KUNLARI"**ning ochilish marosimi bolib o
tdi. Ushbu tadbir 1-10 avgust kunlari davom etadi.
Tashkilotchilar: O'zbekiston Badiiy akademiyasi, Yaponiyaning O'zbekistondagi elchixonasi, Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyi, O'zbekiston-Yaponiya markazi, O'zbekistondagi "Urasenke" choy guruhi.
Toyokuni Utagava (1769 – 1825) – antik dunyoga oid ukiyo-e janrida ishlovchi va kabuki teatri aktyorlarini rasmlarda aks ettiruvchi rassom. Uni o‘quvchilari va pochchasidan ajratish uchun tez – tez Toyokuni I Utagava deb atashardi. Ustozi vafotidan keyin u Toyokuni II Utagava taxallusini oldi. Rassomning haqiqiy ismi Kuroxasi Kumakiti. Utagava maktabining ikkinchi boshchilaridan, XIX asr yuz yilliklarida u ukiyo-eni maktabini boshqardi.
Toyokuni Utagava - Edo (hozirgi Tokio)da 1769 yili yog‘ochdan yasalgan qo‘g‘irchoqlarga naqsh soladigan o‘ymakor ustalar oilasida dunyoga keldi.
Endigina rassomlik dunyosiga kirgan rassomning birinchi ishlari taniqli hikoyalarga illustratsiyalar va ayollar portreti edi. Lekin bu rassomga mashhurlik olib kelmadi va shu bois ham o‘ziga boshqa janr qidira boshladi.
Norio Fujishira – 1999 yildan Art Directors aʼzosi. Yaponiya grafik dizaynerlar uyushmasining aʼzosi. Koʼp marotaba xalqaro biennalelar ishtirokchisi. Xelsinki, Meksika, Varshava, Bolgariya, Slovakiya, Daniya va Frantsiyadagi afishalar triennalelari laureati. Norio Fujishiro Yaponiyada shaxsiy koʼrgazmalar tashkil qilgan, shuningdek, dunyoning bir nechta mamlakatlari, jumladan, Ispaniya, Buyuk Britaniya, Portugaliya, Yangi Zelandiyalarda ham oʼtkazgan.
Yaponiyada choy marosimi uzoq yillar tarixni oʼz ichiga oladi. Bayramlar va tadbirlarda oʼtkaziladigan choy marosimining juda koʼp turlari bor. Shulardan biri “Tya-no yu”.
Ushbu choy marosimining boshqalardan farqi – joyni bezashi bilan ajralib turadi. Choy marosimi oʼtkaziladigan joy devoriga rasm chizilgan oʼrogʼliq qogʼoz yoki guldasta moslashtirilgan holda osilgan boʼladi.
Choy uzatayotganda xuddi oʼzini bogʼdadek tasavvur qilish mumkin.
Choy marosimi faqatgina choy maydonchalarida emas, balki, uyda tashkil qilinishi mumkin.
Qaerda oʼtkazilsa ham choy marosimining ruhiyati birdek: samimiyatni saqlash, har kungi tashvish va ishlardan xalos etish.
Choy marosimi – bu chiroyli narsalar haqida suhbat qurish, masalan, sanʼat, adabiyot, rassomlik, choy kosalari haqida.
Choy anjomlari yaponchada Dogu yoki Chadogu deb ataladi.
Korgazmada yapon an
anaviy taomlarining mumda yasalgan maketlari* hamda fotosuratlari namoyish qilindi.
Kunchiqar mamlakatning oshxonasi juda oddiy – ammo nozik did bilan, mazali va benihoya rang – barangdir.
Uning asosiy qonun – qoidalari orta asrlar Xeyan davrida** shakllangan va hozirgacha saqlanib kelmoqda. Yapon taomi 5 gomi ta
midan iborat bolishi lozim – shirin, sho
r, achchiq, nordon va otkir. Ammo, oltinchisi – o
zgacha tam, bu mamlakatning oshpazlari mohirlik bilan ochib bera oladigan – bu aqldir. Butun dunyo yapon oshxonasini sog
lom ovqatlanishning etaloni deb hisoblaydi.
Taom kichik porsiyada tortiladi, to`yinganlikka esa taomlarning katta tanlovi orqali erishiladi.