Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Monday - Friday, 09:00 - 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

1-iyul kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Markaziy ko‘rgazmalar zalida O‘zbekistonning birinchi ayol fotoreportyori Dina Xojayevaning “Dublsiz olingan fotosuratlar” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi ochildi.

Ijodkor yoshlik yillarini fotografiya san’ati olamida o‘tkazdi. Mashhur fotorassom Maks Penson oilasida o‘sib ulg‘aygan Dina, suratga olishning har bir sir-asrorini yaqin kuzatib, chuqur bilim va muhabbat bilan o‘rgandi. Ularning uyida doimiy ravishda yetuk san’atkorlar, ijodkorlar va mutaxassislar to‘planib, san’at, kamera va kompozitsiya haqida jonli suhbatlar olib borar edi. Ana shu muhit uning hayot yo‘lini belgiladi.

Dina Xojayeva o‘zbek xalqining tarixiy, madaniy va ijtimoiy hayotini betakror suratlar orqali yoritdi. 1966 yilda Toshkentda yuz bergan kuchli zilzila uning otasi Maks Pensonning beqiyos fotoarxiviga katta xavf tug‘dirdi. Biroq u noyob arxivlarni saqlab qolish va tartibga solishda ulkan fidoyilik ko‘rsatdi. Maxsus mehnat va qat’iyat bilan ota merosini tiklab, uni butun O‘zbekiston madaniy merosining ajralmas qismiga aylantirdi.

Shuningdek, Dina Xojayeva O‘zbekiston televideniyasida 30 yildan ortiq faoliyat yuritib, millatimizning yetuk san’atkorlari, yozuvchilari, olimlari va davlat arboblarini dunyoga tanituvchi san’atkorona suratlarni yaratdi. Uning ijodiy merosi — bu o‘zbek millatining ma’naviy boyligi va ulug‘vorligining yorqin ifodasi.

Dina Xojayevaning ijodi yuksak samimiylik, nozik badiiy did va milliy ruh bilan ajralib turadi. Uning suratlarida o‘zbek xalqining betakror go‘zalligi, azaliy qadriyatlari va mustahkam g‘ururi jonli aks etadi.

Ko'rgazma joriy yilning 15-iyuligacha davom etadi!