Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Monday - Friday, 09:00 - 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-iyul kuni qabul qilingan "Tasviriy va amaliy sanʼat sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar  to‘g‘risida" PQ-212-son qarori ijrosini taʼminlashga qaratilgan Sirdaryo viloyatida tasviriy va amaliy san‘at sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha 2025–2026-yillarga mo‘ljallangan "Yo‘l xaritasi"da Guliston shahri Alisher Navoiy nomidagi  viloyat kutubxonasi binosida soha uchin sanʼat galereyasini tashkil qilish belgilangan.

Shu munosabat bilan bugun O‘zbekiston  Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur viloyat hokimligi mutasaddilari hamrohligida ushbu obyektni borib ko‘rdi va olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. 

Rais O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi Sirdaryo viloyat bo‘limi rahbari A.Boybekovga  sanʼat galereyasida  ko‘rgazmalar va ijodiy taqdimotlar o‘tkazishga qulay va xos sharoit yaratish, bu borada ilg‘or ko‘rgazma zallari tajribasidan foydalanish to‘g‘risida tavsiya va ko‘rsatmalar berdi. 

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisining keyingi tashrif manzili tasarrufdagi Sirdaryo ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internati bo‘ldi.

Sirdaryo viloyatida tasviriy va amaliy san‘at sohasini yana-da rivojlantirish bo‘yicha 2025–2026-yillarga mo‘ljallangan "Yo‘l xaritasi"da Badiiy akademiya tasarrufidagi ushbu maktab-internati hududida qo‘shimcha o‘quv binosini qurish masalasi ko‘zda tutilgan. 

Rais qoʼshimcha bino bo‘yicha taqdim etilgan loyihalar bilan tanishdi, ularning meʼmoriy yechimi sanʼat va taʼlim dargohiga xos bo‘lishi to‘g‘risida fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi. 

Shuningdek, maktab-internatning mavjud ustaxona va ko‘rgazma zali sharoiti ko‘zdan kechirildi.