Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Monday - Friday, 09:00 - 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Davlatimiz rahbarining "Tasviriy va amaliy sanʼat sohasini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi  PQ-212-son qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan Badiiy akademiya raisining viloyatlarga xizmat safari davom etmoqda. Navbatdagi manzil Qashqadaryo viloyati bo'ldi.

Bugun, 21-iyul kuni Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nurni qabul qildi.

O‘zaro muloqotda viloyatda tasviriy va amaliy sanʼatni rivojlantirish istiqbollariga eʼtibor qaratildi.

Jumladan, soha vakillari -  rassomlar va amaliy sanʼat ustalarining ijodiy ko‘rgazmalarini hamda boshqa madaniy tadbirlarni o‘tkazishga mo‘ljallangan Qarshi shahri markazida sanʼat galereyasini tashkil qilish taklifi maʼqul topildi.

Shuningdek, Badiiy akademiya tasarrufidagi Qashqadaryo ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internati moddiy-texnik bazasini yahshilah, badiiy taʼlim sifatini oshirish, iqtidorli yoshlarni tarbiyalashga  munosib sharoit yaratish maqsadida 200 o'rinli yotoqxona qurishga kelishildi.

Tomonlar davlatimiz rahbarining ushbu qarori ijrosini taʼminlash - viloyatda tasviriy va amaliy sanʼat rivoji yangi pog‘onaga ko‘tarilishiga keng yo‘l ochishini taʼkidlashdi.