Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
Joriy yul 11-17-aprel kunlari Qozog‘istonning Turkiston shahrida “Turkistan style” xalqaro rassomlar simpoziumi bo‘lib o’tdi.
6 kun davom etgan tadbirda 8 ta davlat: Hindiston, Turkiya, Ozarbayjon, Belarus, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Rossiya hamda Qozog‘istonning taniqli rassomlari ishtirok etdi. Mo’yqalam ustalari tomonidan 120 dan ortiq badiiy asarlar yakuniy ko’rgazmada namoyish etildi.
Mazkur simpoziumda O‘zbekiston xalq rassomi, professor Rustam Xudoyberganov qatnashdi va Turkiston qadamjolari, manzaralariga oid asarlar yaratdi.
“Kongress-xoll” majmuasi foyesida yakuniy ko‘rgazmaning ochilish marosimida Turkiston viloyati hokimi o‘rinbosari Ertay Oltayev simpozium ishtirokchilarini tabriklab, ularga diplom va sertifikatlarni topshirdi.