Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi 2024-yil 18-iyuldagi PQ-264-son qarori 5-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan “Ranglar jilosida - Ona diyor” an'anaviy ko'rik-tanlovi tashkil etildi.
Tanlovning hududuy bosqichi joriy yil 1-20-avgust kunlari 3 ta yosh toifasida o‘tkazildi.
Joriy yil 29-avgust kuni Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvon saroyida hakamlar hay'ati tomonidan tanlovning respublika bosqichiga yo'llangan ijodiy ishlar ko'rib chiqildi.
10-sentyabr kuni Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvon saroyida “Ranglar jilosida - Ona diyor” respublika yosh ijodkorlari ko‘rik-tanlovi ko‘rgazmasining ochilishi va respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi tashkil etiladi.