Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Monday - Friday, 09:00 - 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

2025 yilning 5 may kuni soat 17:00da O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyining katta ko’rgazmalar zalida  rassom Rustam Bozorovning "HAYOT - KO'RINGANI KABI"  nomli shaxsiy ko'rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Rustam Bozorov asarlaridagi gavjum, rang-barang bozor, ko‘cha manzaralari, to‘y-hashamlar, xalq sayillariga nazar tashlar ekansiz, bu mehmondo‘st “non shahri” muhiti saqlanib qolganiga, “do‘stlik va iliqlik poytaxti” aholisi mehmonlarini xushnud etishiga ishonasiz.

Ko‘rgazmada nafaqat turli janrdagi asarlar, balki yorug‘lik, go‘zallik va osoyishtalikka to‘la rang-barang manzaralar: yilning har faslida o‘ziga xos ko‘rkamlik baxsh etadigan  Chorvoq, dala-hovlilar,  tog‘lar tasvirlangan asarlar  ham namoyish etilmoqda. O`ylaymizki, rassom tomoshabinlarga o`z ichki dunyosini yetkazib bera olgan.

Ko`rgazmada rassomning 80ga yaqin  rangtasvir ishlari namoyish qilindi.

Ko`rgazma joriy yilning 15 mayigacha davom etadi.