Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
Xabar berganimizdek, bugun, 7-iyul kuni Guliston shahrida Sirdaryo viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov va O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur o‘rtasida samimiy ruhda uchrashuv bo‘lib o‘tdi. (https://t.me/artacademyuz/29904)
O‘zaro muloqotda viloyatda tasviriy va amaliy sanʼatni rivojlantirish istiqbollariga eʼtibor qaratildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur Sirdaryo viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimovni Badiiy akademiyaning oltin medali bilan taqdirladi. Mezbonga oltin medal va diplomi hamda Badiiy akademiyaning yangi albomini topshirdi.
Shuni alohida taʼkidlash kerakki, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi oltin medali bilan mamlakatimizda tasviriy va amaliy sanʼat sohasini rivojlantirish, o‘zbek milliy tasviriy sanʼati nufuzini jahon miqyosida oshirish, yosh isteʼdod egalarining qobiliyati va salohiyatini ro‘yobga chiqarish borasida samarali mehnat qilgan va yuqori natijalarga erishgan fuqarolar mukofotlanadi.
Erkinjon Turdimov avval Navoiy, Samarqand, Surxondaryo viloyatlariga rahbarligi davrida Prezidentimizning tasviriy sanʼat sohasini rivojlantirishga doir qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash, mo‘yqalam ahli va amaliy sanʼat ustalarining ijod qilishlari uchun munosib sharoitlar yaratishga katta hissa qo‘shdi, ushbu viloyatlarda bugungi kun talabiga javob beradigan muhtasham sanʼat galereyalari barpo etildi. Ushbu sanʼat maskanlari maʼrifiy-maʼnaviy yuksalishga xizmat qilib kelmoqda.
Sirdaryo viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov eʼtirof uchun samimiy minnatdorlik bildirdi va Badiiy akademiya raisiga o‘z estalik sovg‘alarini topshirdi.