Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Monday - Friday, 09:00 - 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

19-may kuni Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universitetida O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi Andijon viloyati bo‘limi hamkorligida Tasviriy va amaliy san’at kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalari tomonidan tayyorlangan ilmiy-ijodiy ishlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda mashhur rassomlar, xalq amaliy san’ati ustalari, ijodkorlar, universitet pedagoglari va talabalari ishtirok etdilar. Mehmonlar tomonidan talaba va ustozlar ijrosida tayyorlangan ilmiy-ijodiy ishlar, kataloglar, uslubiy qo‘llanmalar bilan yaqindan tanishildi hamda ko‘rgazma yuqori baholandi.

Rangtasvir, kulollik, hattotlik, libos dizayni kabi yo‘nalishlardagi ishlar tashrif buyuruvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Tadbir davomida ilm va san’atning uyg‘unlashuvi, yosh ijodkorlarning faolligi hamda ustozlarning ilmiy izlanishlari alohida e’tirof etildi.

Taqdimot yakunida faol ishtirokchilarga O‘zbekiston Badiiy akademiyasi va O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi tomonidan sertifikat va faxriy yorliqlar topshirildi.

Andijon davlat universiteti o‘zining ilmiy va ijodiy salohiyati bilan nafaqat ta’lim, balki san’at va madaniyat sohalarida ham yetakchi markaz ekanini yana bir bor namoyon etdi.