Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur Xitoy Xalq Respublikasining Shanxay shahrida Shanxay sanʼat va dizayn akademiyasi rahbariyati bilan uchrashdi.
Bo‘lib o‘tgan muloqotda sanʼat va badiiy taʼlim sohasida hamkorlik qilish masalasi ko‘tarildi.
Shanxay sanʼat va dizayn akademiyasi O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yadi.
Yaqin vaqt ichida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti vakillari Shanhay sanʼat va dizayn akademiyasiga hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolash maqsadida tashrif buyurishiga kelishib olindi. Mazkur bitim talaba va professor-pedagoglar almashinuvini ko‘zda tutadi.
Uchrashuv yakunida tomonlar estalik sovg‘alari almashishdi.