Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Monday - Friday, 09:00 - 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

28-noyabr kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasida “Sharq qo‘lyozma sanʼati:anʼanaviylik va zamonaviy yondoshuv” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. Anjuman Badiiy akademiya hamda Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura sanʼati muzeyi hamkorligida tashkil qilindi.

⭕️Anjumanni  O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur ochib berdi. Rais o‘z so‘zida Yangi O‘zbekistonda olib borilayotgan maʼrifiy islohotlar jarayonida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan  tarixiy qadriyatlarga asoslangan yozma manbalar, milliy tasviriy va amaliy sanʼatimizni, jumladan, miniatyura hamda xattotlik sanʼatini yuksaltirish va mustahkamlashga ham katta eʼtibor qaratilayotgani, o‘tmish madaniy va maʼnaviy  merosni chuqur o‘rganish, xalqimizni, yosh avlodni, qolaversa, jahon hamjamiyatini bahramand etish masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganini taʼkidladi.

⭕️Xalqimizning buyuk maʼnaviy boyligi bo'lgan  yozma manbalar - qo‘lyozmalar orqali insoniyat tarixi, madaniyati, adabiyoti, sanʼat va buyuk mutafakkir ajdodlarimiz haqida ishonchli maʼlumotlarga ega bo‘lamiz. Qo‘lyozmaning eng nafis bezagi hisoblanadigan miniatyuralar – kitobat sanʼatining tarkibiy qismi bo‘lib, ular qadimgi nodir qo‘lyozmalarni ziynatlash bilan birga, mazkur asarlardagi ilg‘or insonparvarlik g‘oyalari, olijanoblikka intilish hissi, go‘zallik to‘g‘risidagi tasavvurni ifodalashga ham xizmat qilgan.       

⭕️Miniatyuralar kitob ziynatlarining dekorativ xususiyati bo‘lish bilan birga, asar matnining badiiy talqini ham hisoblanadi. Quvonarlisi, bugun ham O‘zbekistonda miniatyura sanʼati anʼanalari davom etmoqda, zamonaviy yondashuvlar asosida go‘zal asarlar yaratilmoqda. Shu nuqtai nazardan “Sharq qo‘lyozma sanʼati: anʼanaviylik va zamonaviy yondashuv” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya  muhim ahamiyat kasb etadi.

🟢 Xalqaro anjumanda O‘zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon sanʼatshunos olimlari, ilmiy doiralar vakillari tomonidan Sharq, jumladan O‘zbekiston  qo‘lyozma sanʼatiga doir ilmiy manbalar, miniatyura yo‘nalishlari va uslublarining o‘ziga xos xususiyatlari, O‘rta Osiyo xattotlik maktablari shakllanishida yetakchi o‘rin egallagan olimlar, O‘zbekiston miniatyura rangtasviri anʼanalari mavzularida maʼruzala o‘qildi, fikr-mulohazalar bildirildi.

🟢 Taʼkidlanganidek, anjumanga taqdim etilgan maqolalar, bildirilgan fikr-mulohazalar va ular asosida chiqarilgan teran ilmiy xulosalar bu sohani yanada chuqurroq o‘rganish, keng targ‘ib qilish va yosh olimlarning izlanishlarini qo‘llab-quvvatlashga o‘ziga xos hissa bo‘lib qo‘shiladi.