Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
Ханчжоу, 2025 yil iyun
Xitoyning yuragida, afsonaviy Sihuxu ko‘li bo‘yida, san’at olamidagi ikki muhim tadbir boshlandi: SHHT VII Xalqaro Badiiy Biennalesi va "Sihuxu Ko‘lini Tasvirlaymiz" X Xalqaro Forumi. Ushbu maydonlar butun dunyodan iste’dodlarni o‘ziga tortgan, madaniyatlar, go‘zallik va ilhom muloqoti bo‘lgan san’at bayramiga aylandi.
Bu yil O‘zbekiston alohida yorqin ishtirok bilan e’tiborda. Diqqat markazida — Bobur Vahobjonov va Zuxriddin Qiyomov, yosh va g‘ayratli rassomlar, O‘zbekiston Badiiyot Akademiyasi amaliyotchi-tadqiqotchilari. Ularning ijodiy uslubi — go‘yoki sharqona naqshlar bilan to‘qilgan yengil ipak: zamonaviylik va an’analar nozik uyg‘unlikda, rangtasvir — tuyg‘ular va ma’nolarning san’ati.
Sihuxu ko‘li bo‘yida bo‘layotgan plein-airlarda ular Sharq ruhi va tabiat sehrini aks ettirgan asarlar yaratmoqdalar. Ularning ishlari oddiy rassomlik emas, balki madaniyat, rang va vaqt haqidagi vizual she’rlar deyish mumkin. Aynan shu yondashuv ularni xalqaro san’at maydonining to‘laqonli ishtirokchisiga aylantiradi.
Ko‘rgazmalar, san’atga oid muhokamalar, mahorat darslari va, albatta, Xitoy shaharlari bo‘ylab sayohat qiladigan yakuniy ekspozitsiya — bularning barchasi yozgi mavsumda Xanchjou shahrini kreativ markazga aylantirmoqda. O‘zbekistonlik rassomlarning asarlari biennale va forumning rasmiy katalogiga kiritilgan — bu ularning xalqaro miqyosda tan olinganidan yana bir dalildir.
Sharqona sezgirlik, chuqur ramziylik va benuqson did — aynan shular orqali O‘zbekiston SHHT Biennalesi va "Sihuxu Ko‘lini Tasvirlaymiz" forumida o‘z ovozini jaranglatmoqda.
Asya Tuychiyeva,
Xalqaro aloqalarni rivojlantirish bо‘limi boshlig‘i