Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
Toshkent viloyati Bekobod shahridagi "Yoshlar markazi" binosida Oʼzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi, fotorassom Sultonboy Dehqonovning "Bekobod - yurtim javohiri" nomli shaxsiy fotokoʼrgazmasining ochilish marosimi boʼlib oʼtdi.
Mamlakatimizda Аtrof-muhitni asrash va "yashil" iqtisodiyot yili hamda Bekobod shahri tashkil etilganining 80 yilligiga bagʼishlangan ushbu ko‘rgazmaning ochilishida Bekobod shahri hokimi N.Boboev va Oʼzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi raisi I. Valixodjaev ishtirok etdi.
Tadbirda ijodkorga samimiy tilaklar bildirilib, uning Oʼzbekiston fotografiya sanʼati rivoji yoʼlida qilayotgan ezgu ishlari yuksak baholandi.
O‘zBIU raisi koʼrgazma muallifning ko‘p yillik mehnatini eʼtirof etib, Sultonboy Dehqonovni Uyushmaning oltin medali bilan mukofotladi.
Shuningdek, tadbirda Bekobod shahri hokimiyati, keng jamoatchilik vakillari, yoshlar qatnashdi.
Tomoshabinlarga manzur bo‘lgan fotoko‘rgazmada muallifning so‘nggi yillarda olgan 30 dan ortiq fotosuratlari namoyish etilmoqda.