Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Monday - Friday, 09:00 - 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Jamiyatning maʼrifiy kamolotida tasviriy sanʼatning hissasi beqiyosdir.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan keng ko‘lamli maʼrifiy islohotlar jarayonida xalqimiz manʼaviyatini, milliy tasviriy va amaliy sanʼatimizni yuksaltirish va mustahkamlashga katta eʼtibor qaratilmoqda.

Aynan davlatimiz rahbari tashabbusi bilan rassomlar, amaliy sanʼat ustalari ijodiga munosib sharoitlar yaratish, qo‘llab-quvvatlash, xalqimizni, yosh avlodni, qolaversa, jahon hamjamiyatini milliy tasviriy sanʼatimiz namoyandalari erishayotgan yutuqlardan bahramand etish masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.

Davlatimiz rahbarining 2025-yil 1-iyul kuni qabul qilgan "Tasviriy va amaliy sanʼat sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-212-son qarori bu  boradagi xayrli amaliy ishlarni mazmunan va hajman butunlay yangi bosqichga olib chiquvchi, soha istiqboli uchun tom maʼnoda tarixiy ahamiyat kasb etgan navbatdagi hujjat bo‘ldi.

Bugun, 4-iyul kuni  Toshkent viloyati hokimligida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur hamda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev o‘rtasida Prezidentimizning mazkur qarori ijrosini samarali tashkil etish, shuningdek, soha bo‘yicha 2025-2026-yillarga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi” yuzasidan muhokama-uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda sohaga oid muammolarni hal etish, ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash va ularga yetarli shart-sharoitlar yaratish, “Nurafshon City” hududida rejaga muvofiq Badiiy akademiya tasarrufida 660 o‘rinli ixtisoslashtirilgan sanʼat-maktab internatini barpo etish masalalari, Toshkent viloyatida tasviriy va amaliy sanʼat sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi” vazifalari atroflicha  muhokama qilindi, fikr almashildi.

Tomonlar ko‘tarilgan masalalar yechimi viloyatda tasviriy va amaliy sanʼat rivoji, soha vakillarining yanada keng qo‘llab-quvvatlanishiga turtki bo‘lishini taʼkidlab, hamkorlikda ish olib borishga kelishib oldi.