Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Monday - Friday, 09:00 - 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Bugun O‘zbekiston Badiiy Akademiyasining Ikuo Xirayama  Xalqaro madaniyat karvon saroyida "ItARTS festivali" doirasida Italiyalik ijodkorlar va talabalarning ijodiy ko'rgazmasi ochilish marosimi  bolib otdi.  Tadbirda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rahbariyati, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdi.

Mazkur festival Yevropa Ittifoqining NextGenerationEU (PNRR) fondi tomonidan moliyalashtirilayotgan - san'at va musiqa sohasida badiiy ta’limni rivojlantirish hamda ijodkor tadqiqotchilar va talabalarning global hamjamiyatini yaratishga qaratilgan nufuzli  loyihadir. Festival doirasida O‘zbekiston, Xitoy, Fransiya va Italiyaning nufuzli oliygohlari tomonidan eng yaxshi ijodiy ishlar namoyish etilishi rejalashtirilgan.

Jumladan, festival ishchi guruhi tarkibida  Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti professor o‘qituvchilari Eshmamat Hayitov, Sayyora Zakirova, Umida Zunnunova hamda Zilola Xaitovalar ishtirok etib, festivalning yurtimizda o‘tkaziladigan tadbirlarini tashkil etishda o'zlarining munosib hissalarini qo‘shmoqda.

Ma'lumot uchun, festival doirasidagi korgazma va tadbirlar joriy yilning 1-oktabrigacha davom etadi (https://t.me/mrdi24yangiliklar/33756?single)