Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
Xabar berganimizdek, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur Kemyong universiteti prezidenti Synn Ilhi taklifiga muvofiq Koreya Respublikasiga xizmat safarida bo‘lib turibdi. (https://t.me/artacademyuz/24255)
Bugun, 20-may kuni Kemyong universitetida mazkur oliygoh tashkil topganining 125 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur maʼruza qildi. Notiq O‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamda Kemyong universiteti o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik aloqalariga to‘xtalib o‘tdi va Kemyong universiteti prezidenti Synn Ilhi janoblari hamda universiteti jamoasini 125 yillik yubileyi bilan tabrikladi.
Tadbir doirasida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi hamda Kemyong universiteti prezidenti Synn Ilhi janoblari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.