Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
Bugun, 15-aprel kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasining anjumanlar zalida 2025-yil O‘zbekistonda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili”ga bag‘ishlangan xalqaro an’anaviy “Tasviriy va amaliy san’at festivali” oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Matbuot anjumanida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi o‘rinbosari F.Tashmuhamedov, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Bosh ilmiy kotibi F.Abidjanova, Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi hamda festival direktori O.Ro‘ziyev, Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi katta ilmiy xodimi, festival kuratori L.Mirzabayevalar ishtirok etdi.
Anjumanda, festival dasturi, xorijiy va mahalliy ishtirokchilar, ko‘rgazmalar, ijodiy loyihalar, mahorat darslari, liboslar namoyishlari konferensiyalar, albom taqdimoti va boshqalar haqida mas’ullar tomonidan ma’lumotlar berildi.
Eslatib o‘tamiz, san’at festivali joriy yilning 21-25-aprel kunlari Respublikaning barcha hududlari bo‘ylab bo‘lib o‘tadi.