Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Monday - Friday, 09:00 - 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

 Joriy yilning 25-30-iyun kunlari Ispaniyaning mashhur Loret de Mar shahrida "Sea Sun Festival" xalqaro yosh ijodkorlar sanʼat festival-tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Respublika ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internati (RISMI) rassomlik bo‘limi o‘quvchilari M.Romanovskaya, S.Olimjonova va E.Isroilova ishtirok etdi.

Fiestalonia Milenio tashkiloti tomonidan tashkil qilingan ushbu xalqaro tanlovda hayʼat aʼzolari o‘quvchilarimizning chiqishlarini yuqori baholadi.  

Tanlov hayʼat aʼzolari xulosasiga ko‘ra, RISMI rassomlik bo‘limi o‘quvchilari - Isroilova Ezoza, Olimjonova Safiya, Romanovskaya Marina o‘z yo‘nalishlarida har biri 1- o‘ringa munosib topildi.