Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Monday - Friday, 09:00 - 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

O'zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi аnjumanlar zalida Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyi hamda Yaponiyaning Aichi san’at universiteti hamkorligida “Qog‘oz va badiiy ifoda” mavzusida xalqaro seminar bo'lib o'tdi.

Seminarda yapon mutaxassislari Shibazaki  Koji, Naoki Kamiya,  Kosuke Ashino  va о‘zbek olimlari Zuxra Raximova, Gulabza Qarshiyeva, Davron Toshevlarning ma’ruzalari bilan ishtirok etdi. 

Unda Yaponiyalik mutaxassis proffesor Shibazaki Koji rahbarligida amalga oshirilayotgan “The research for the culture of contemporary hand-made paper and artistic expression”- “Zamonaviy qо‘lda tayyorlanadigan qog‘ozni madaniy va badiiy ahamiyati tadqiqi” loyihasi doirasida olib borilgan tadqiqot natijalari, qog‘ozning paydo bо‘lishi, tarqalish yо‘llari, Samarqand va Yaponiyada о‘rta asrlarda ishlab chiqarilgan qog‘oz tarkibi, bugungi kunda Yaponiya, Samarqand, Buxoroda qо‘lda qog‘oz tayyorlash usullari, qog‘ozda badiiy ifoda etilgan qо‘lyozmalar, naqqoshlik va miniatyura asarlari haqida ma’lumot berildi.

Mazkur loyiha doirasida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli tadbirlar Samarqand va Yaponiya qog‘ozlarini ishlab chiqarish va ulardan foydalanish bо‘yicha ilmiy rivojiga xizmat qilmoqda.