Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
21-aprel kuni soat 11:00 da Markaziy ko‘rgazmalar zalida (MKZ) Xalqaro anʼanaviy Tasviriy va amaliy sanʼat festivali tantanali ravishda ochiladi. Bu yil Turkiya, Koreya Respublikasi va Rossiya Federatsiyasidan rassom, ustalar ishtirok etadi.
Festivalga birinchi bo‘lib Janubiy Koreyaning Kemyong universiteti delegatsiyasi yetib keldi. Mehmonlar Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi boshchiligida kutib olindi.
Festival doirasida Janubiy Koreyaning Kemyong universiteti tasviriy sanʼat fakulteti professorlari hamda talabalari ko‘rgazma va loyiha bilan qatnashadi, shu bilan birga universitetning Taekvondo jamoasi o‘z mahoratini namoyish etadi.
Markaziy ko‘rgazmalar zalida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti va Kemyong universiteti talabalari birgalikda "Sehr va rang" nomli zamonaviy va anʼanaviy liboslardan namunalar ko‘rsatishadi.