Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
Bugun, 15-may kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasining anjumanlar zalida Yaponiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Xatori Takashiga O‘zbekiston Badiiy akademiyasining oltin medalini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Elchi janoblariga ushbu mukofot sanʼat va madaniyat sohasidagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga qoʻshgan salmoqli hissasi, shuningdek, ikki mamlakat madaniyatini yaqinlashtirish va oʻzaro boyitish, xalqaro madaniy aloqalarni mustahkamlash borasidagi muxim hissasi uchun berildi.
Shuningdek, ikki tomonlama madaniy aloqalarni o‘rnatish, rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash, Yaponiya bilan madaniyat va san’at sohasida qo‘shma salmoqli loyihalarni amalga oshirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun Yaponiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi madaniyat bo‘limi xodimi Shahrizoda Salixova "O‘zbekiston Badiiy akademiyasi fidoyisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Mukofotlarni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur topshirdi.