Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Monday - Friday, 09:00 - 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

29-aprel kuni Toshkent fotosuratlar uyida O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a'zosi, taniqli rassom Qudratilla Ajimetovning "Yulduzlarga ilk qo'yilgan narvon" nomli xotira ko'rgazmasining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

✔️Ko'rgazmada ijodkorning 100 ga yaqin rangtasvir asarlari taqdim etildi.

♻️Qudratilla Ajimetov uzoq yillar rahbar lavozimida ishlash barobarida ijodiy izlanishlarini ham faol olib borgan. Asarlaridagi ranglar kartinadigi voqelik haqida so'zlab turadi.
✨Asarlarining kompozitsion va ranglar yechimi bir-biriga muvofiq va uyg'un. Ularda rassom ko'pincha tabiat bilan suxbatini talqin etadi-ki, ijodkorning tabiatni ich-ichidan his qilishi sezilib turadi. Manzaralarini kuzatganingizda ulardagi holat, makon va zamon rassomni o'ziga jalb qilganini ko'rasiz.

🌲Birgina daraxtning holati yoki tunning zulmatiga javoban rassom o'zining ichki kechinmalarini, ayni soniyadagi munsabatlarini bayon etadi. Holatlar, harakatlar, ranglar, chiziqlar va shakllarda rassomning kuchli lirik va hissiy dunyoqarashi gavdalanadi. 

🎯Har bir asarda ijodkorning nafasi, nigohi, shuuri ishtirok etadi. Rassom ijodiga xos yana bir jihat shakllarning mahobatliligida, kichik hajmdagi bir asarda yirik hajmlarni bera olishidadir.