Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Понедельник – Пятница, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 18 apreldagi 204-F-sonli farmoyishiga muvofiq Badiiy akademiya tasarrufidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internatiga  O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq rassomi Jollibay Izentayev xotirasini abadiylashtirish maqsadida uning nomi berilgan edi. 

Joriy yilda mamlakatimiz tasviriy sanʼat sohasi rivojiga ulkan hissa qo‘shgan taniqlli musavvirga Qoraqalpog‘iston Respublikasi ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internati hududida haykal qo‘yiladi.

Shu munosabat bilan, maktab-internati o‘quv binosi hududida joriy ta‘mirlash ishlari boshlab yuborildi.

Buning uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan maktab-internatining 2024-yilning xarajatlar smetasiga tegishli mablag‘lar ajratildi.      

«Shaffof qurilish» milliy axborot tizimida elektron tender (tanlov) savdolari orqali yutib olgan qurilish-pudrat tashkiloti tomonidan o‘quv binosini joriy ta‘mirlash, haykal o‘rnatiladigan joyga postament qurish, tashqi fasad ishlari, tashqi yoritqichlar o‘rnatish, yo‘lakcha qoplamalari (bruschatka) ni to‘shash ishlari olib borilmoqda.

Yangi o‘quv yilida haykalning tantanali ochilish marosimini o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Bundan avval, Badiiy akademiya tasarrufidagi Surxondaryo ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internatiga O‘zbekiston xalq rassomi Ro‘zi Choriyev nomi berilgan va maktab hududida rassom haykali o‘rnatilgan edi.