Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Понедельник – Пятница, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Sirdaryo sohilida, so‘lim go‘shada tashkil etilgan  navbatdagi musavvirlar anjumanida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur, Respublika “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi raisi Isfandiyor Latipov, Badiiy ijodkorlar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbarlari va rassomlar, viloyat hokimligi mutasaddilari, tasviriy sanʼatga ixtisoslashtirilgan viloyat taʼlim muassasalari mutaxassis va o‘quvchilari, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.    

🟢 Tadbirni O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi raisi I.Valixo‘jayev ochib berdi. “- Mazkur anjumandan ko‘zlangan asosiy maqsad Sirdaryo viloyatidagi rassomlarimiz ijodi bilan yaqindan tanishish, viloyatdagi bo‘limimiz faoliyatini o‘rganish, rassomlarimiz o‘rtasida ijodiy tajriba va fikr almashish, o‘zaro  muloqotni  kengaytirishdan iborat. ”, deya taʼkidladi uyushma raisi I.Valixo‘jayev.

🟢 Anjumanda so‘z olgan  O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur bugungi kunda Prezidentimizning tasviriy sanʼat sohasi rivojiga qaratayotgan katta eʼtibori, davlat rahbari tashabbusi bilan yaratilayotgan shart-sharoitlarga to‘xtalib o‘tdi.

🟢 "-Hozirda har bir viloyatda ko‘rgazma zallarimiz mavjud, qo‘shni respublikalar bilan taqqoslaganda Uyushmaning, viloyatlardagi bo‘limlarining sharoiti ming chandon yaxshi, hududlarda rassomlarimiz o‘zimizga qarashli sanʼat galereyalarida bemalol shaxsiy ko‘rgazmalarini o‘tkazib kelmoqda. Buni qadriga yetishimiz, rassomlarimiz ham shunga munosib javob berishi kerak. Bizdan nima talab qilinadi, faqat ijod talab qilinadi.

🟢 Men xalqaro darajada mavqeimizni yanada ko‘tarishni o‘z oldimga vazifa qilib qo‘yganman. Xabarlaringiz bo‘lsa, aynan shu masalada joriy yil xorijiy safarlarda bo‘ldim, xalqaro miqyosda rassomlarimiz ko‘rgazmalarini tashkil qilish xususida muloqotlar olib bordim, natijasini ham ko'rayapmiz. Respublikamiz darajasidagi ko‘rgazmalarimiz o‘z yo‘lida ketayapti, endilikda rassomlarimiz ijodini xalqaro darajada ham ilgari surish ustuvor vazifadir."- dedi Badiiy akademiya raisi

🟢 Anjumanda ishtirok etgan Sirdaryo viloyati hokimligi mutasaddilari viloyat rassomlarini qo‘llab-quvvatlash, ular ijodini  targ‘ib etish borasida  amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z yuritishdi.

🟢 O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi viloyat bo‘limlari rahbarlari ham so‘zga chiqib, anjumanda ko‘tarilgan masalalar, mo‘yqalam ahlining jamiyatimizda maʼnaviyatni yuksaltirishga xizmat qiladigan ijodiy loyihalarini amalga oshirish  yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini, taklif va tavsiyalarini  bildirishdi.