Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Понедельник – Пятница, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

 Keyingi yillarda yurtimizda demokratik talablar va xalqaro standartlarga mos saylov tizimi shakllantirilib, unga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish, yoshlarning saylov huquqlarini to‘la amalga oshirishi uchun shart-sharoit yaratish borasidagi qonunchilik izchil takomillashtirib borilmoqda. 

🟢 Yangi O‘zbekiston yoshlarining siyosiy-huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish orqali siyosiy jarayonlarda ham faol ishtirok etishi, davlat boshqaruvida munosib nomzodlarni saylash nafaqat konstitutsiyaviy huquqi, balki fuqarolik burchi ekanligi hamda o‘z kelajagi uchun ovoz berishi borasida xabardorligini oshirish bugunning dolzarb vazifalari sirasidandir.

🟢 22-oktabr kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasida yuriskonsult G‘.Gaipov tomonidan tizimdagi yosh xodimlar o‘rtasida huquqiy va elektorat madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

🟢 Unda Badiiy akademiya yuriskonsulti G‘.Gaipov yoshlarga joriy yil 27-oktabr kuni ilk bor Qonunchilik palatasiga aralash tizim asosida bo‘lib o‘tadigan saylovning mohiyati va ahamiyati haqida atroflicha tushuntirib berdi.