close-icon

Понедельник – Пятница, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Joriy yilning 13-iyun kuni O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasida "Bir asar — bir umr" nomli yopiq xayriya koʼrgazmasi boʼlib oʼtdi.
 

Loyihaning asosiy maqsadi — onkologik kasallikka chalingan 5 nafar bolaning hayotini saqlab qolish uchun zarur boʼlgan jarrohlik amaliyotlari xarajatlarini qoplash maqsadida xayriya mablagʼlarini jalb etishdir.
Mazkur tadbir sanʼat, mehr-oqibat va ijtimoiy masʼuliyatni birlashtirgan holda jamiyat eʼtiborini bolalar onkologiyasi muammolariga qaratish, shuningdek ogʼir xastalik bilan kurashayotgan bolalar va ularning oilalarini qoʼllab-quvvatlashga qaratilgan.


Koʼrgazmada Oʼzbekistonning taniqli va isteʼdodli rassomlari tomonidan yaratilgan asarlar namoyish etiladi hamda xayriya auktsioni va savdo orqali taqdim qilinadi. Аsarlardan tushgan mablagʼlar toʼliq ravishda bolalarning davolanishi va operatsiya xarajatlarini qoplash uchun yoʼnaltiriladi.

Loyiha doirasida yigʼilgan mablagʼlar maqsadli va shaffof tarzda yoʼnaltiriladi. Davolanish jarayoni va mablagʼlardan foydalanish boʼyicha hisobotlar hamkor tashkilotlar va ishtirokchilarga taqdim etiladi.

«Bir asar — bir umr» loyihasi har bir sanʼat asari nafaqat estetik qadriyat, balki inson hayotini saqlab qolishga xizmat qilishi mumkinligini namoyon etadi. Har bir xarid qilingan asar — bir bolaning hayotga boʼlgan umidini mustahkamlaydi.

Loyiha tashkilotchilari

• Oʼzbekiston Badiiy akademiyasi xodimlari: Shoymurodova Аzizaxon Rashidovna, Rahmatjanova Mohira
• «Sen kuchlisan» nodavlat notijorat tashkiloti rahbari, Marjona Nurmuhammedova
Loyiha maslahatchisi
Sharopova Аziza Eldorbek qizi — sanʼatshunos, PhD doktorant



Loyiha hamkorlari: Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Oʼzbekiston Badiiy akademiyasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oʼzbekiston bolalar tashkiloti, Yoshlar ishlari agentligi, «Sen kuchlisan» NNT.
 

Tashkilotchilar davlat tashkilotlari, biznes vakillari, sanʼat ixlosmandlari, ommaviy axborot vositalari va keng jamoatchilikni ushbu ezgu tashabbusni qoʼllab-quvvatlashga chaqiradi.



Loyiha doirasida davlat tashkilotlari, xususiy sektor va xalqaro hamkorlar ishtirokida ijtimoiy masʼuliyat va xayriya madaniyatini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratiladi.