loader image

Yangiliklar

Barcha yangiliklar

Toshkentda xalqaro amaliy san’at biennalesi bo’lib o’tadi

Joriy yilning oktyabr oyida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan IV Toshkent xalqaro amaliy san’at biennalesi o‘tkaziladi. Ushbu an’anaviy biennale O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini rivojlantirish va yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3219-son  qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil qilinmoqda.

Eng ulug‘, eng aziz bayram uchun

Ko‘p millatli xalqimiz shu kunlarda Vatanimizning ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-maʼrifiy hayotida butunlay yangi davrni boshlab bergan unutilmas tarixiy voqea – O‘zbekiston Respublikasi  davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yillik sanasini baland ruh va ko‘tarinki kayfiyat bilan nishonlash uchun qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda. Davlatimiz rahbarining  joriy yil 27- iyuldagi «O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni […]

«Mening realizmim»

Toshkent shahridagi «Gallery 81» sanʼat maskanida O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzolari, samarqandlik ikki isteʼdodli rassom Axmad Isoyev hamda Nuriddin Isayevning «Mening realizmim» nomli qo‘shma ko‘rgazmasi ochildi. Ko‘rgazmaning ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur hamda akademik rassomlar Alisher Mirzayev, Sobir Raxmetov, Badiiy ijodkorlar uyushmasi raisi Ibroxim Valixo‘jayev so‘zga chiqdi. Ko‘rgazma sohiblarining izlanishi, ijodiy […]

ANONS!

«Bizning meros» turkumida navbatdagi ko‘rgazmaga marhamat! Bu gal muxlislarga 2023 yildagi yubilyarlar – O‘zbekiston sanʼat ustalari, grafik rassomlar Anatoliy Osheyko, Boris Kotlov va Arnold Gan asarlari havola etiladi. Mazkur ko‘rgazmaning ochilish marosimi 9 avgust kuni soat 17:00 da Markaziy ko‘rgazmalar zalida bo‘lib o‘tadi.

An’anaviy hisobot ko‘rgazma

4-avgust kuni Toshkent fotosuratlar uyida uning qoshidagi ijodiy fotografiya maktab-studiyasi o‘ttiz uchinchi guruh bitiruvchilarining an’anaviy hisobot ko‘rgazmasi ochildi. Ko‘rgazmada 13 nafar muallif 150 ga yaqin asarlari bilan ishtirok etmoqda. Tajribali fotograf, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi fotosho’basi a’zosi Rusudan Xubutiya rahbarligidagi 33-guruh bitiruvchilari ko‘cha fotosurati,badiiy portret, ijtimoiy fotografiya, landshaft, natyurmort, abstraksiya, reportaj fotografiyasi singari janrlarida mahoratini […]

Академия Художеств Узбекистана 
© 2019. Все права защищены.
При использовании материалов веб-сайта, ссылка на источник обязательна.