Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
О‘tgan asrning 60-80-chi yillarida О‘zbekistonda tasviriy san’atining kо‘pgina turlari qatorida grafika san’ati ham sezilarli siljishlarni о‘zida namoyon etdi. Bu san’at ham davr izlanishlaridan chekada qolmadi. Dastlab unda realistik yо‘nalish yetakchilik qilib tasvirlanuvchining ma’naviy dunyosini yoritishga intilish kuchliligi seziladi. Bu yillarda gravyura sanatiga etibor ortib uning janrlar rangbarangligi bilan harakterlanadi. Syujetli kompozitsiya, manzara, portret, natyurmort janrlarida yaratilgan grafik asarlar о‘zining kasbiy mahorat va borliq hamda ifoda vositalarini yangicha estetik idrok etilishi va ta’riflanishi bilan ajralib turadi. Shu yillarda linogravyura (qora va rangli) keng yoyildi, ofort, mopotipiya, avtolitografiya texnikasida asarlarning yaratildi. 60 yillaring о‘rtalarida dekorativ estamiga qiziqish paydo bо‘ldi, fakturaga etibor ortdi. Qalamchizgi va rasmlar kо‘pchilikni о‘ziga jalb eta boshladi. Bu yillardan boshlab an’anaviy grafika uslublari – tonal, qora akvarelda rasm ishlashga qiziqish susaya boshladi. О‘rnini katta formatli, turkumli asarlar egallay boshladi.
Grafikaga qiziqishning ortishi uning ifoda vositalari, obrazli plastik yechim muammolarini ham muxim muammolarga aylantirdi. San’at turlari ham yangilanish davriga о‘ta bordi. Muhimi bu davrdan boshlab ijodkor erkinligi masalasi kо‘tarilgan sari ishlangan ijodkorlar asarlarida uslubiy rang baranglik orta bordi. Bir tomodan Yevropa klassik san’at an’analari, ijodkorlar tomanidan qabul qilingan holda shu bilan birga milliy san’at an’analari, jahon demokratik san’at asoslari ham keng о‘zlashtirila boshladi. XIX asr oxiri XX asr boshlarida paydo bо‘lgan avangard yо‘nalishi bu yillarga kelib о‘z umrining yangi davrini boshladi, tо‘g‘ri bu keyingi yо‘nalish e’tirof etilmasa ham, uning ijodkorlari rasmiy hokimiyat tomonidan ta’qib etilsa ham lekin u asta rivojlanib san’at tarixida о‘z mavqeini mustahkamlab bordi. 1960 yillar san’ati xususida gap ketganda «jiddiy uslub» (suroviy stil) kо‘proq eslandi. Bu bejiz emas. Chunki ayni shu uslubda san’atning ham plastik ham g‘oyaviy yangiligi sezilarli bо‘ldi. Kundalik voqelikni romantik ruhda idrok etish, umumlashma tipik holatlarni topishga harakat qilish, kundalik turmushdagi davr mazmunini kо‘rsatishga intilish bu yangilanish davri san’atidagi yangi ruhni, yangi hissiyotni paydo bо‘la boshlagani kо‘rsatadi.
60 yillarda grafika san’atida avvalgidek an’anaviy grafika uslublari – tonal surat, qora akvarelda rasm ishlash uslublariga qiziqish ishtiyoqi kamaya borib estampga qiziqish ortdi. Yoshu - qari shu texnikani о‘zlashtirishni о‘ziga ep kо‘rdi. Linogravyuraga qiziqish ortdi.
Q.Basharov ijodga erta kirib kelgan uning serqirra ijodiy faoliyati Respublika rassomlik bilim yurtida о‘qib yurgan yillari boshlangan.Toshkent Davlat teatr va rassomlik institutiga о‘qishga kirganda mashhur rassomlik institutiga о‘qishga kirganda mashhur rassom ekanligi ma’lum bо‘lgan edi. Shu institutda kо‘p yillar grafika kafedrasi mudiri lavozimida ishladi va professor unvonida tasdiqlandi.Ser unum ish faoliyati mobaynida Q.Basharov о‘ziga xos grafika maktabini yaratdi. Uning rahbarligida grafika ixtisosligini tugatgan 200 dan ortiq talaba grafika san’ati mahoratini egallab, ijod bilan izchil shug‘ullanib keldi.Q.Basharov mahorati baland sermahsul ijodkor nafaqat dastgohli grafika san’ati balki rangtasvir asarlari bilan ham katta muvaffaqiyat qozondi. 2000 dan ortiq badiiy asarlar yaratgan. 200dan ortiq Respublika va Xalqaro kо‘rgazmalar va tanlovlarda qatnashgan. Shuni evaziga oltin medal va birinchi о‘rinli diplomlar olgan.
Uning ijodiy asarlari kо‘plab muzey va galereyalarda, shular qatori, mashhur Tretyakov galereyasida, Rossiya madaniyati vazirligi kolleksiyalari, Kо‘rgazmalar direksiyasi, О‘zbekiston davlat san’at muzeyi va boshqa turli davlatlar – Avstriya, Vengriya, Misr, Kanada, Mongoliya, Italiya, Hindiston, Polsha, Fransiya, Yugolaviya, Chexiya, AQSH, Angliya, Koreya galereyalari va shaxsiy kolleksiyalarida saqlanmoqda. Ijodkorning samarali ijodiy yutuqlari e’tirofi sifatida О‘zbekiston xalq rassomi unvoni, “Xalqlar dо‘stligi”ordeni, , “Shuhrat medali, “El – yurt hurmati”ordeni bilan taqdirlangan.
Eng avvalo birinchi Prezidentimiz tomonidan О‘zbekiston Badiiy Akademiyasining akademigi etib tayinlandi.
Shuningdek u tomonidan ulug‘ sharqning xususan sohibqiron A.Temurning oq ot ustida, jangavor liboslarda, xalqiga qarab turgan xolda, shijoat bilan dushmanga qarshi hamla qilish arafasida turgan kо‘rinishini keng otlqlar, yaylovlar oralab ikkinchi rejada otlarini yeldirib ketayotgan askarlar issiq, sariq, sarg‘ish, och, yashil va havo rangli osmon fonida yetuk mahoratga ega bо‘lgan rangtasvirchi sifatida murakkab kompozitsiyaviy yechimni yarata olgan. Bundan tashqari baqtriyaliklar qahramoni (Aleksandr) Iskandar Zulqaynarga qarshi qahamonona janglar olib borgan Spitamen obrazini ham yarata oldi. Bu asari grafika yо‘nalishida mardanovor otda qizil, issiq, tо‘q olov ranglar uyg‘unligida qahramonning ayni jang olib borayotgan chapdast, chavondoz va ayni vaqtda epchil qilich va nayza-yu qalqonlardan yashin tezligida foydalana olayotgandagi dinamik harakatdagi qomatini yaratishga muvaffaq bо‘lgan.
Ijod sohibi tomonidan. Behzodga bag‘ishlab yaratgan Grafik asari ham tanlovlarda g‘olib bо‘lgan va u hozirda О‘zbekiston Davlat san’at muzeyda doimiy kо‘rgazmada namoyish etilmaoqda.
Shu texnikada K.Basharov ham chuqur va mazmunga boy ijodiy izlanishda bо‘ldi. Rassom ishlatayotgan chiziqlar nafosati, obraz siluetining yaxlitligi uning ishlariga alohida о‘ziga xos fayz baxsh etadi. "Uzum yig‘ish" (1967) asaridagi qiz obrazida shoirona ulug‘vor obrazni yaratadi. Asarning badiy yaxlit yechimi voqelikni kundalik turmushning mayda chuydalaridan holi qilib unga chuqur badiiylik kiritadi.
Rassom borliq voqealari va hayoliy tasavvurlarini tantanali kо‘tarinki ruhda tasvirlashi uni ishlarining harakterli tomonini belgilaydi. Ijod sohibining asarlari ham ertaksimon, xam hayotiydek idrok etiladi. Uning « Xalq о‘yinlari» asarida rassom milliy xalq turmush tarzini ifodalaydi. Oddiy xalqning fe’l atvori, kayfiyatini ular hatti-harakatini orqali aks etiradi. Asarning ifodali uchun har bir obrazni qatiy kontur chizigi bilan belgilash ham xissini qо‘shadi.
K.Basharovning «Paxta bayrami» asarlar turkumida milliy cholg‘u asboblari ritmida raqsga tushayotgan о‘zbek qizi timsolida shodlik va bayram mavzusi ifodalanadi. Rassom gravyuraning turli shakllarida ijod qildi. Tarixiy va maishiy mavzu, portret borasida ham qator asarlar yaratdi. 60 yillar о‘rtalaridan boshlab estamga bо‘lgan qiziish susaya boshladi.
Sobiq tuzum davrida О‘zbekiston xalq rassomi, О‘zbekiston yoshlar ittifoqining mukofoti sovrindori bо‘lgan Qutlug‘ Basharovning ijodiy faoliyati faqat respublikamizdagina emas, hatto undan ham uzoq yerlarda ma’lum edi.
Qutlug‘ Basharovning ijodiy diapazoni g‘oyat keng edi. Uning ijodida asosiy mavzu – insonni ulug‘lash, uning aql-idroki va iroda kuchini sanatkorona badiiy ifodalashdan iborat bо‘lgan. Rassomning asarlarida о‘z mehnatlari bilan о‘lkamizning bugungi farovon etayotgan va ertangi kuni bundanda gо‘zalroq bо‘lishi uchun bor vujudi bilan kurashayotgan zamondoshlarimizning – О‘sha vaqt О‘zbekistonining ajoyib kishilarining obrazlar uni qiziqtirar va nihoyatda ilhomlantirardi.
О‘sha yillarda ham о‘zbekiston sanoati, fan va madaniyati yuksak darajada rivojlangan respublikalardan biri bо‘lgan. Respublikamizning saxiy yerining boyliklari va noz – ne’matlari: “oq oltini – paxtasi, qora kо‘li, ipagi, bog‘ va uzumzorlari bilan mashhur bо‘lgan. Qutlug‘ Basharov “Paxtakorlar”, “Paxta”, “Kuz”, “Yer va odamlar” turkumlarida ishlangan linogravyuralarida ana shu mehnatkashlarni va fasllarini katta mehr – muhabbat bilan ifodalagan.
О‘zining jonajon о‘lkasi bilan fahrlanish tuyg‘usi,uning о‘z hayotining mazmuni bо‘lib qolgan. Ishiga mehr – muhabbat – “Paxtakorlar” turkumidagi qahramonlarga xos bо‘lgan umumiy fazilatlaridir. Shu bilan birga bu turkumdagi rasmlarning har birida asar qahramnlarining shaxsiy fazilatlari. Ichki kechinmalari, rassom tomonidan chuqur idrok qilinib, sо‘ng ihlosmandlarga yorqin, о‘ziga xos nafosat bilan yetkazishga erishgan. Rassom “Terimchilar”da kuch – qudrat, ishonch va optimizm yaqol kо‘zga tashlanadi. Bu turkumga kirgan “Ustoz va shogird”, “Hosil bayrami” kabi garvyuralar ham g‘oyat ta’sirchan. “Hosil bayrami”da milliy raqsning yuksak jozibadoligi, jо‘shqinligi nafis xatti – harakatlar orqali kо‘rsatilgan. “Onalik” gravyurasi ham samimiy lirizm bilan yо‘g‘rilgan. Xalqimizning paxtaga bо‘lgan cheksiz mehr – muhabbati “Paxta”turkumida mahorat bilan tasvirlangan.
Mana , dehqon gо‘yo gо‘dakni avaylaganday, nozik g‘о‘za niholiga mehr bilan tikilib turibdi. Mehnatdan qadoq bо‘lgan qо‘llari nihol atrofida avaylab harakat qilyapti. Yoki u о‘z ishining ustasi, mirishkori – suvchi ketmoniga suyanib bir oz tin olayotgani ustalik bilan tezlik bilan tasvirlangan.
Qutlug‘ Basharovning litogarafiyalar turkumida yaratgan asarlari orasida “Kuz”uchligi (triptixi) alohida о‘rin tutadi. Uchlikda nafis va quvnoq sevgi ohanglari dillarga xushnudlik bag‘ishlaydi. U mavzuining, obrazlarning jozibador lirik bо‘yoqlarda chizilganligi bilan ajralib turadi. “Shaftoli”, “Anor”, “Uzum” deb nomlangan uchta mustaqil mavzuda mehnatkash ayollarning poetik obrazi chizilgan bо‘lib, ularni insonning fidokorona mehnati evaziga ona – yer о‘z sahovatini in’om etadi, degan umumiy g‘oya birlashtirgan.
Rassomning keyingi yillarda yaratgan “Yer va odamlar” litografiyalarida singari turkumlarida alohida ahamiyatli tarzdagi ohanglarda jaranglaydi. Bu inson mehnatining о‘ziga xos gimni edi.aniq qahramonlar –о‘sha davr iyehnat Qahramonlari, ishlab chiqarish ilg‘orlari rassomni ilhor texnika, yuksak madaniyat maskaniga aylangan zamonaviy о‘zbek qishlog‘i qiyofasini, ozod mehnat quvonchini totayotgan, kishilarning badiiy obrazlarini yaratishga ilhomlantirgan edi. Shuning uchun ham bu turkumga kirgan asarlaridagi chо‘pon, sut sog‘uvchi, terimchi mehanizator, sohibkor, pillakor obrazlari g‘oyatda jozibali tasvirlangan.
Grafika san’atining rivoji oxirgi о‘n yilliklar moboynida bir yо‘sinda bormadi. 1980 – 1990 yillar boshida xususiy buyurtmachilar yoki sotib oluvchilarning soni keskin kamayib ketganligi bois dastlabki dastgohli grafikaga bо‘lgan talab va ehtiyoj kamayib ketdi. Bosma mahsulotlar xajmining keskin kamayib ketishi haqiqqatdir.
60 – 80 yillarda dastgohli grafika janrida faol ijod qilib kelaishgan. Q.Basharov kitob grafikasi san’atida shoir B.Boyqobilovning “Sharq” nashriyot – matbaa aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan chop etilgan “Yangi Xamsa” kitobining umumiy bezagi ustida ish olib bordi. Uning tomonidan mazkur kitobning tasviriy va naqshli maketi va Toshkent Sharqshunoslik qо‘lyozmalar institutida saqlanayotgan miniatyuralar nushalarining oltitasi bajarldi.
Q.Basharov haqida 1986 yil Sovet О‘zbekistoni san’ati jurnalining 11 – soni, 16 betda san’atshunos Jamila Saydaliyevaning “ grafik rassom Qutlug‘ Basharov haqida “Mening О‘zbekistonim” (Rassom Qutlug‘ Basharov ijodiy portreti)[2] nomi bilan chop ettirgan maqolasida quyidagi fikrlarni bildirgan 6 “grafika sohasida keyingi yillarda О‘zbekistonda quvonchli yutuqlar kiritilmoqda. О‘zbekiston xalq rassomi Qutlug‘ Basharov bu san’at rivojiga katta xissa qо‘yim kelayotir deb boshlagan.
Qutlug‘ Basharov respublika rassomlik rassomlari safiga olt mishinchi yillarda kirib keldi. Musavvrning 1964 yilda tashkil qilingan kо‘rgazmasida tush bilan ishlangan “Chorvoq GES”i nomli turkum suratlari namoyish etilgan va shu davrdan boshlab uning ijodida bir paytda ikki yо‘nalish-dastgohli grafika va kitob grafikasi san’ati rivojlana bordi deyiladi.
Qutlug‘ Basharov kitob ustasi sifatida ham jamoatchilik orasida keng tanilgandir. Rassom kitob grafikasida milliy an’anani о‘ziga xos ijodiy uslubda aks ettirganligi diqqatga sazovordir deydi-maqola muallifi.” Turli asarlarga ishlangan illyustratsiyalar rangli linogravyura va akvarel texnikasida ishlangan bо‘lib, bu illyustratsiyalardagi ulkan hayotiy materialning uyg‘unligi, mavzu yechimiga falsafiy yondoshish tomoshabinni о‘ziga jalb etadi. Shuningdek, rassom siyosiy kitoblar, publisistik adabiyotlar va turli xarakterdagi adabiy asarlarga о‘rganish natijasida mustaqil obrazli badiiy asar darajasidagi illyustratsiyalar yaratishga muvaffaq bо‘lgan.
Musavvirning rangli litografiya texnikasida ishlagan “О‘zbekiston ayollari” nomli besh turkumdan iborat asarida fan-texnika, san’at sohalarida misilsiz yutuqlarni qо‘lga kiritayotgan о‘zbek ayollari siymosini aks ettiradi. Shu bilan birga “Paxtakorlar”deb atalmish turkumli linogravyuralarini ham bevosita ayollarning paxta xosilini yetishtirish borasidagi kaxramonona mehnat faoliyatlariga bag‘ishlaydi.
Ma’lumki, rassomlar о‘rtasida yaxshi an’ana bor. Ular san’at shinavandalari oldida ijodiy hisobot beradilar va о‘z asarlarini tomoshabinlar hukmiga havola etadilar. Bu yilning dekabr oyida Q.Basharov 60 yoshga tо‘ladilar. Shu munosabat bilan Rassomlar soyuzining kо‘rgazmalar zalida rassomning ikki yuzga yaqin grafik asarlari namoyish etildi.
Ekspozitsiyaning asosiy qismini rassomning yangi turkum asarlari tashkil qilib, ularda о‘zbek xalqining mehnat jjabhalarida olib bogan kurashi markaziy о‘rinni egallaydi. Kо‘rgazma rassom ijodiga oid ijobiy va salbiy tomonlari xususida keng munozara qilish imkonini berdi.Qutlug‘ Basharov mahoratli grafika ustasi bо‘lishi bilan birga ayrim asarlarida plastik gо‘zallik yetishmayotganligi va ijodiy izlanmayotganligi ham yaqqol kо‘zga tashlandi.
Kо‘rgazmada yuqorida bayon etilgan asarlar qatorida rassomning “Sharq ayollari”, “Olam insonga” va boshqa linogravyuralari ham о‘rin egallagan. Kо‘rgazma rassomning serunum mehnati mahsuli bо‘lib, uning kelajagini tasavvur qilish imkonini beradi.
Maqola muallifi shu kunlarda rassom ustaxonasiga tashrif buyurgan vaqtda u yangi ijodiy ish ustida uchratgani va bu ish о‘sha vaqtda mashhur bо‘lgan shoir Hamza she’riyatiga bag‘ishlab, “Hamza she’riyati” deb nomlangan turkum varaqalar ishlash niyati borlgi, bu varaqalarda inqilob kuychisi siymosini gavdalantirmoqchiligini bildirdi. Shuningdek, musavvir “Mening О‘zbekstonim” turkumini yaratish niyatida о‘lkamiz bо‘ylab ijodiy safarlarga taraddud kо‘rayotanligini, turli fasllarda, turli ob-avoda, ona tabiatning о‘ziga xos gо‘zalliklarini, qahramonona mehnat qilayotgan xalqimizning tumush tarzini, quvonch-shodliklarini akvarel texnikasida mujassamlashtirmoqchi ekanligini hikoya qildi.
Rassom О‘zbekiston hayotini, uning tengsiz gо‘zalligini quyosh nuriga boy tarovatini о‘z asarlarida ifodalay oladi. Ijodkor rassom sifatida doimo izlanishda bо‘ladi. U bilan birgalikda jamoat ishlarida ham faol ishtirok etadi va etgan.
R.Kiplignning ijodi asosida “Maugli” kitobining о‘zbek nashriyotiga Q.Basharov tomonidan an’anaviy realistik uslubida о‘ttiz tо‘rtta rangli illyustratsiya ishlanganligi rassomning kitob grafikasi yо‘nilishida ham, о‘sha vaqtda yirik va mahoratli mutaxassis ekanligini ham yaqqol namoyon etgan. Bolalar kitoblarini asosan ertaklar bezatadi. L va F. Basharova. Q.Basharov K.Behzod nomidagi institutda ham pedagogik va ustoz-shogird an’anasi bо‘yicha ham sidqi dildan faoliyat olib bordi.
Narimon Sharipov,
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti “Miniatyura va kitob grafikasi” kafedrasi katta о‘qituvchisi.