close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

✅ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasini ta’sis etish to‘g‘risida” 2020-yil 6-noyabrdagi 691-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Ekspert guruhi tomonidan joriy yilning 22-iyul kuni badiiy ta’lim yo‘nalishlari mavjud davlat oliy ta’lim muassasalarining jami 20 nafar talabgorlar yig‘ma jildlari hamda davlat stipendiyasini tayinlash haqidagi tavsiyanomalari ko‘rib chiqildi.

🥇Kamoliddin Behzod nomidagi Davlat stipendiyasini tayinlash bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovda Ekspert guruhining tegishli qarori bilan quyidagi 7 nafar iqtidorli va ijodkor talabalar tegishli tanlov yo‘nalishlari bo‘yicha g‘olib deb topildi:

🔴 Abdulazizova Mubina Bo‘ri qizi – Termiz davlat universiteti 2-kurs talabasi,
Dastgohli rangtasvir;

🔴Yusupova Obidaxon Olimjon qizi – Andijon davlat pedagogika instituti 3-kurs talabasi,
Rangtasvir (turlari bо‘yicha);

🔴 In’omova Xosiyatxon Avazxon qizi – Qo‘qon davlat universiteti 2-kurs talabasi,
Grafika va miniatyura;

🔴Jumaniyazova Feruza Janabayevna – Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti 3-kurs talabasi,
Haykaltaroshlik (turlari bо‘yicha);

🔴Olimjonova Farangiz Ma’rufboy qizi – Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti 3-kurs talabasi,
Amaliy san’at (turlari bо‘yicha);

🔴Amaniyazova Mexrigul Salamatovna – Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti 3-kurs talabasi,
Dizayn (turlari bо‘yicha);

🔴Bekberganov Javohir Erkinboy o‘g‘li – Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti 3-kurs talabasi, San’atshunoslik va muzeyshunoslik (turlari bо‘yicha);

🎗Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasining sohibi guvohnomasi O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan joriy yilning 20-avgustiga qadar tantanali ravishda topshiriladi.🎗