Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
Bugun, 29-iyul kuni Toshkent fotosuratlar uyida 30-iyul “Xalqlar do‘stligi kuni”ga bag‘ishlangan “Do‘stlik nigohi" fotoasarlar ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
Ko‘rgazmaga yurtimizda istiqomat qilayotgan turli millat vakillarining turmush tarzi, madaniyati, urf-odatlari aks ettirilgan asarlar, shuningdek, Do‘stlik jamiyatlari faoliyatiga bag‘ishlangan 100 ga yaqin fotosuratlar qo‘yilgan.
Fotoasarlar Millatlararo munosabatlar va xorijiy davlatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi matbuot kotibi G‘.Shukurov tomonidan ko‘p yillar davomida suratga olingan.
Tadbirda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur Do‘stlik festivali va uning doirasida tashkil etilgan ushbu ko‘rgazma yurtimizda millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik rishtalarini mustahkamlashga xissa qo‘shadi deya ta’kidlab o‘tdi.
Shubhasiz, yurtimizda istiqomat qilayotgan turli millat va elat vakillari o‘rtasida do‘stlik va totuvlikni yanada mustahkamlash va do‘stlik aloqalarni kengaytirishga xizmat qiladi.