Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

YOSh IJODKORLAR UCHUN YANA BIR TANLOV!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va sanʼat sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 02.02.2022 yildagi PQ-112-son qaroriga asosan O‘zbekiston Badiiy akademiyasi  taʼlim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Ranglar jilosida – ona diyor” rasmlar tanlovini eʼlon qiladi.

Tanlovda 7 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tasviriy sanʼat yo‘nalishi (rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik) bo‘yicha yaratilgan ijodiy ishlari bilan ishtirok etishi mumkin.

Tanlov quyidagi yosh toifalari bo‘yicha o‘tkaziladi:

7 yoshdan 13 yoshgacha bo‘lgan yosh ijodkorlar;

14 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan yosh ijodkorlar;

18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yosh ijodkorlar.

✔️Tanlovga bitta ishtirokchi tomonidan yaratilgan 1 (bir) dona ijodiy ish taqdim etiladi.

✔️Tanlov  ikki bosqichda tashkil etiladi:

✔️ birinchi bosqich - viloyat bosqichi: 1-avgustdan 20-avgustga qadar  Badiiy ijodkorlar uyushmasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat bo‘limlari tomonidan tashkil etiladi;

✔️ ikkinchi bosqich - respublika bosqichi: sentabr oyida respublika Tashkiliy qo‘mitasi tomonidan o‘tkaziladi.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan yoshlar arizalari 2024-yilning  e’lon qilingan kunidan boshlab 1-avgustga qadar Badiiy ijodkorlar uyushmasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat bo‘limlari tomonidan qabul qilinadi.

Tanlovning respublika bosqichi uchun ijodiy ishlar tegishli hujjatlar bilan birgalikda joriy yilning 1-sentyabriga qadar Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Yusuf Xos Xojib ko‘chasi,
37/A-uy - Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvon saroyi binosida qabul qilinadi.

☎️ Telefon: (71) 252-74-73

↖️ Qo‘shimcha maʼlumotlar uchun telefon: (+99871) 232-06-75