Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

5-iyul kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Anjumanlar zalida 2024 - yil - Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yiliga bag‘ishlangan “San’at va dunyo” mavzusida X Toshkent xalqaro zamonaviy san’at biyennalesiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.☑️

Matbuot anjumanida mutasaddilar tomonidan mazkur xalqaro biyennaleni tashkil qilish va o'tkazish borasida olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari, yaratilgan shart-sharoitlar, ijodkorlar qanday asarlari bilan qatnashishi mumkinligi haqida yig'ilganlarga batafsil ma'lumot taqdim etildi hamda jurnalist va blogerlar, san'at ixlosmandlari tomonidan berilgan savollarga javob berishdi.

Toshkent xalqaro zamonaviy sanʼat biyennalesi 2001-yildan buyon har ikki yilda bir marta davlatimizning faol qo’llab-quvvatlashi bilan oʻtkazib kelinmoqda.

X Toshkent xalqaro zamonaviy san’at biyennalesi joriy yilning 14-18-oktabr kunlari poytaxtimizda o'tkaziladi‼️