🏛 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–46-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2026-yil oktabr oyida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan eng yaxshi tarixiy asarlar tanlovi tashkil etiladi.
Mazkur tanlovning asosiy maqsadi — milliy tarixiy merosni, xususan Temuriylar davri tarixi, buyuk tarixiy shaxslar va muhim tarixiy voqealarni tasviriy san’at orqali targ‘ib etish, shuningdek tarixiy yo‘nalishda ijod qilayotgan rassomlarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
🎨 Tanlov yo‘nalishlari
Tanlovda tasviriy san’atning rangtasvir, mahobatli va dastgohli rangtasvir yo‘nalishlarida ijod qilayotgan rassomlar ishtirok etishlari mumkin.
Tanlovda qatnashish istagidagi ijodkorlar quyidagi hujjatlarni tanlov tashkiliy qo‘mitasiga taqdim etadilar:
📌 Ijodiy ishlarni topshirish muddati va manzili
Ijodkorlarning arizalari va ijodiy asarlari 2026-yil 10-sentabrga qadar qabul qilinadi.
📍 Manzil:
Toshkent shahri, S. Azimov ko‘chasi, 35-uy
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi binosi
☎️ Aloqa raqami: (+998 71) 232-17-66
Tanlovga taqdim etiladigan ijodiy asarlar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
⚠️ Belgilangan muddatdan kechiktirib topshirilgan loyihalar qabul qilinmaydi.
🖼 Tanlov yakunlari bo‘yicha ishtirokchilarning ijodiy ko‘rgazmasi tashkil etiladi.
🏆 Tanlov g‘oliblari diplom hamda belgilangan tartibda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun: (+998 71) 232-17-66
Tanlov Nizomi --> https://t.me/artacademyuz/37197
Anketa --> https://t.me/artacademyuz/37198
Mavzular ro'yxati --> https://t.me/artacademyuz/37199