close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Bugun, 10-iyun kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Anjumanlar zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-iyundagi PF-103-son Farmoni — **“Madaniyat, san’at va adabiyot sohalarini yanada rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar to‘g‘risida”**gi hujjatning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi rahbariyati, akademiklar, professorlar, xalq rassomlari, san’at va madaniyat sohasi vakillari hamda akademiya xodimlari ishtirok etdilar.

🎨 Tadbirda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur tomonidan Farmonning asosiy maqsad va vazifalari, shuningdek, unda madaniyat, san’at va adabiyot sohalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha belgilangan ustuvor yo‘nalishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Ta’kidlanganidek, mazkur Farmon ijodkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, yangi iste’dodlarni kashf etish, xalqaro tanlov va festivallarda ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish, ijodiy loyihalarni moliyalashtirish, shuningdek, soha vakillarining ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan muhim hujjat hisoblanadi.

Uchrashuv davomida Farmonda nazarda tutilgan yangi imkoniyatlar, jumladan, ijodkorlarni rag‘batlantirish, uy-joy bilan ta’minlash, ijodiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash hamda sohada zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, fikr va takliflarini bildirdilar. Ochiq muloqot ruhida o‘tgan uchrashuv yakunida Farmonning mamlakatimizda madaniyat va san’at taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqishdagi ahamiyati alohida e’tirof etildi.