close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

8-aprel kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur hamda akademiyaning Tashkiliy-tahliliy bo‘limi boshlig‘i, Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat mas’ul xodimi Jasur Eshmuminov Qoraqalpog‘iston Respublikasiga safari davomida Jollibay Izentayev nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatida xizmat safarida bo‘ldi.

Safar davomida maktab-internatida o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda o‘quv jarayonlari bilan tanishildi.

Shundan so‘ng maktab-internati xodimlariga Badiiy ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar bo‘yicha yig‘ilish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha seminar-taqdimoti oʻtkazildi.

Tadbir davomida yig‘ilish ishtiroklari tomonidan berilgan savollarga javoblar olindi va sohaga oid takliflar tinglandi.