Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

 O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Markaziy ko‘rgazmalar zalida O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a'zosi, rangtasvirchi rassom Dilshod Azizovning  "Insho: “Men yozni qanday o‘tkazdim” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi ochildi. 

🔺Ko‘rgazmada muallifning  etyudlari hamda sayohat qoralamalaridan iborat 40 dan ziyod asarlar muxlislar hukmiga havola etildi. 

🔺Rassom  yoz faslini sermazmun va samarali o‘tkazdi. Uning Toshkent Kimyo xalqaro universitetida saboq olayotgan shogirdlari va o‘zi  Rossiya Federatsiyasining shimoliy qismida,Sankt-Peterburgda  turkum etyudlar yaratdi.

🔺Tomoshabin ko‘rgazmadagi asarlar orqali aynan ushbu sayohat manzaralari -  Sankt-Peterburg me’morchiligi, uning yomg‘irli ko‘chalari, kanallari va shahar atrofi qiyofasidan bahramand bo‘ladi. 

🔺Ushbu ko‘rgazma joriy yil 10-oktyabrga qadar davom etadi.