O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekistonda bayramlarning g‘oyaviy-ma’naviy mazmunini yanada kuchaytirish va ommalashtirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2025-yil 24-dekabrdagi 824-son qaroriga muvofiq 2026-yilning aprel-may oylаrida professional fotosuratchilar o‘rtasida “Eng yaxshi fotosurat” ijodiy asarlar tanlovi o‘tkazildi.
📆 Joriy yilning 3-iyun kuni Toshkent fotosuratlar uyida tanlov yakunlariga bag‘ishlangan g‘oliblarni taqdirlash marosimi hamda fotoko‘rgazma bo‘lib o‘tdi.
🖼 Tanlovda respublikamizning barcha hududlaridan professional fotosuratchilar va yosh ijodkorlar faol ishtirok etdi. Hakamlar hay’ati ko‘rib chiqishi uchun 23 nafar muallif tomonidan taqdim etilgan jami 164 ta fotoasar qabul qilindi.
🎯 Tanlovga taqdim etilgan asarlarda milliy bayramlarning rang-barangligi, avlodlar davomiyligi, oilaviy qadriyatlar, xalqimizning ezgu an’analari, shuningdek, zamonaviy O‘zbekistonning tinch, osoyishta va bunyodkor hayoti o‘zining yorqin badiiy ifodasini topdi.
🏆Hakamlar hay’ati tomonidan o‘tkazilgan baholash natijalariga ko‘ra:
🥇1-o‘rin — Zafar Ro‘ziqulov;
🥈2-o‘rin — Vladimir Goncharenko;
🥉3-o‘rin — Maxsetbay Xabibullayevga nasib etdi.
✅ Mazkur tanlov yurtimizda fotografiya san’atini rivojlantirish, ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash hamda jamiyatda tinchlik, hamjihatlik va milliy qadriyatlarni targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.