close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

🎨 Eron Islom Respublikasi Badiiy akademiyasida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi, O‘zbekiston xalq rassomi, akademik Akmal Nur asarlarining virtual ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. ko‘rgazmada rassomning 40 dan ortiq kartinasi o'rin oldi.

🛜Tadbir onlayn formatda tashkil etilib, unda Eron Islom Respublikasi Badiiy akademiyasi hamda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi vakillari ishtirok etdi.

📝 Eron tomonidan virtual ko‘rgazma ochilishida quyidagilar qatnashdi:
Eron Islom Respublikasi Badiiy akademiyasi prezidentining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari — doktor (xonim) Abdiy;
Akademiya prezidentining xalqaro almashinuv va hamkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — doktor Firuzzoda;
Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi madaniyat attashesi — doktor Safarxaniy;
Xalqaro aloqalar departamenti direktori — xonim Purakiy.

✅ Tadbir davomida ishtirokchilar Akmal Nur asarlarining yuksak badiiy saviyasi, ularda o‘zbek san’atining boy an’analari, falsafiy teranlik hamda milliy madaniyatning zamonaviy badiiy talqini o‘z ifodasini topganini alohida ta’kidladilar.

🤝 Shuningdek, O‘zbekiston va Eron Badiiy akademiyalari o‘rtasidagi madaniy hamkorlikni yanada mustahkamlash, qo‘shma ko‘rgazma loyihalarini amalga oshirish hamda rassomlar o‘rtasidagi ijodiy almashinuvni rivojlantirish muhim ekani qayd etildi.