close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Bugun Ro‘zi Choriyev nomidagi Surxondaryo ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatiga Termiz shahridagi harbiy qismdan mehmonlar tashrif buyurdi. 

Tashrif davomida Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan o‘quvchilar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. 

Unda buyuk sarkardaning hayoti, jasorati va boy merosi haqida atroflicha fikr almashildi. Shuningdek, mehmonlar tomonidan o‘quvchilar tayyorlagan devoriy gazetalar tanlovi uchun ishlangan ijodiy ishlar ko‘zdan kechirilib, ularga munosib baho va tavsiyalar berildi.

Mazkur uchrashuv o‘quvchilarda vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, tarixiy merosga hurmat ruhini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.