Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
Toshkent fotosuratlar uyida Ijodiy fotosan’at maktab-studiyasi 36-bitiruvchilarining asarlari ko‘rgazmasi ochildi. Ushbu yakuniy ko‘rgazma tajribali fotografiya o‘qituvchisi, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi fotosho‘basi a’zosi Rusudan Mirobzalova rahbarligida olib borilgan mashg‘ulotlar samarasidir.
Ko‘rgazmada 65 ta ish o‘rin olgan bo‘lib, shundan 55 tasi bitiruvchilarning turli janrlarga xos fotosuratlari, 10 tasi esa yagona fotoloyihani ifodalaydi. 4 nafar muallif - Boyxo‘jaev Azimxon, Dar Rose, Kolemasova Aleksandra, Fayzullaeva Madina
ishtirok etmoqda. Fotografiya maktabi bitiruvchilari o‘zlarini turli janrlarda sinab ko‘rdilar: ko‘cha fotosurati, badiiy portret, ijtimoiy fotografiya, landshaft, natyurmort, abstraksiya, reportaj fotografiyasi va boshqalar.
Bitiruvchilarnin aksariyatu uchun ushbu ko‘rgazma debyut hisoblanadi. Ko‘rgazma tomoshabinlarni iste’dodli fotograflarning yangi avlodi bilan tanishtiradi.