📸 2026-yil 24-iyul kuni soat 17:00 da O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvon saroyining katta ko‘rgazmalar zalida iordaniyalik xalqaro fotoijodkor Abdulrahman Valid Savalhaning “Iordaniyadan O‘zbekistonga muhabbat ila” nomli shaxsiy fotoko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
🌍 Abdulrahman Valid Savalha — 20 yildan ortiq tajribaga ega, tasviriy san’at fotografiyasi va madaniy merosni hujjatlashtirish yo‘nalishida faoliyat yurituvchi taniqli professional fotograf va tasviriy rassomdir.
📌 Uning faoliyati 2004-yildan buyon YUNESKO tomonidan insoniyatning nomoddiy merosini hujjatlashtirishdagi fidokorona sa’y-harakatlari uchun e’tirof etilgan. Ijodkor dunyo bo‘ylab 35 dan ortiq xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etgan.
🏅 Abdulrahman Valid Savalha Akademiyaning kasbiy ta’sir reytingiga ko‘ra fotografiya sohasidagi eng nufuzli 100 nafar fotosuratchidan biri sifatida e’tirof etilgan.
🎓 Ta’lim va pedagogika yo‘nalishida fotografiya san’ati bo‘yicha sertifikatlangan murabbiy va o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritib, 300 dan ortiq seminar va ma’ruzalar o‘tkazgan.
Uning mahorat darslari:
Shuningdek, ijodkor nufuzli jahon va mahalliy fotografiya festivallari hamda tanlovlarining xalqaro hakamlar hay’ati a’zosi hisoblanadi.
🌐 Xalqaro ko‘rgazmalar:
Guruh ko‘rgazmalari doirasida London, Madrid, Rim, Chexiya, Xitoy, Yaponiya, Turkiya va O‘zbekistonda o‘tkazilgan 35 ta xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etgan.
Shaxsiy ko‘rgazmalari:
🏆 Muhim mukofot va e’tiroflari:
Ijodkor quyidagi nufuzli tashkilotlar a’zosi hisoblanadi:
🖼 Ko‘rgazma ekspozitsiyasidan muallifning 90 ta fotoasari o‘rin olgan bo‘lib, unda ijodkorning turli xalqlar hayoti, madaniyati, an’analari va tarixiy merosiga bo‘lgan nigohi aks etgan.
💡 Fotoko‘rgazma joriy yilning 2-avgustiga qadar davom etadi.