close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, san’atshunoslik fanlari doktori, professor Kamola Akilova Turk dunyosi Badiiy akademiyasining haqiqiy a’zosi bo'ldi.

🏓 Mazkur yuksak e’tirof Kamola Akilovaning san’atshunoslik ilmi, milliy madaniyat va tasviriy san’at rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, o‘zbek san’ati va ma’naviy merosini xalqaro miqyosda targ‘ib etishdagi samarali faoliyati, shuningdek, TURKSOY doirasida turk dunyosi ayol rassomlari uchun amalga oshirilayotgan loyihalardagi jonbozligi va tashabbuskorligi uchun berildi.

🎯 Ushbu nufuzli akademiyaga haqiqiy a’zo bo‘lish nafaqat olimaning shaxsiy yutug‘i, balki O‘zbekiston san’atshunoslik maktabi va milliy madaniyatimiz nufuzining turkiy dunyo miqyosida yanada yuksalayotganidan dalolat beradi.

🔥 Kamola Akilovani ushbu sharafli e’tirof bilan samimiy muborakbod etamiz va ilmiy-ijodiy faoliyatida yana-da ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.