close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-maydagi “Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–261-son qaroriga muvofiq, Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyi fondini noyob, tarixiy va yuqori badiiy qiymatga ega asarlar bilan boyitish maqsadida ijodkorlar, miniatyurachi rassomlar, xattotlar va kolleksionerlarni hamkorlikka taklif etadi.

Xarid qilinadigan asarlar

🎨 Badiiy bezakli qo‘lyozma kitoblarshams, unvon, zarvaraq va miniatyuralar bilan bezatilgan qo‘lyozmalar.

🖼 Original mualliflik ishlariSharq miniatyura san’ati an’analarini aks ettiruvchi ijodiy namunalar.

📜 Mashhur asarlardan olingan nusxalar — tarixiy va jahonga mashhur miniatyura durdonalarining professional darajada, asl o‘lchamda (1:1) ko‘chirilgan nusxalari.

Arizalar va asarlarni qabul qilish

📥 Taqdim etilgan asarlar sifati, texnikasi va badiiy saviyasi bo‘yicha komissiya a’zolari, jumladan ekspertlar va san’atshunoslar tomonidan baholanadi.

📍 Murojaat manzili: Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyi.

❗️ Eslatma: Qo‘shimcha ma’lumotlar, hujjat topshirish muddatlari va bog‘lanish telefonlarini muzey ma’muriyati orqali aniqlashtirishingiz mumkin.

☎️ (71) 256-28-32
☎️ (97) 171-11-46

Milliy merosimizni birgalikda boyitaylik!
Imkoniyatni boy bermang!