Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
Bugun poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi va qator vazirlik, idoralar hamkorligida milliy qadriyat va anʼanalarimizga bag‘ishlab tadbir tashkil qilindi. Tadbir doirasida milliy liboslar namoyishi bo‘lib o‘tdi.
Jumladan, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi Pavel Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabi teatr liboslari yo‘nalishi o‘quvchilari “Atlas jilosi” hamda Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabi Liboslar dizayni bo‘limi o‘quvchilari “Moziydan sado” nomi ostida o‘zlari yaratgan milliy liboslar to‘plamini namoyish qilishdi.
Tasarrufimizdagi ushbu taʼlim muassasalari yosh ijodkorlar tomonidan taqdim etilgan milliy an‘analarimizni aks ettiruvchi nafis liboslar namunalari tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.