close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

🎨 10-iyul kuni Markaziy ko‘rgazmalar zalida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi hamda O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi hamkorligida O‘zbekiston xalq rassomi Nadejda Vasilyevna Kashina (1896–1977) tavalludining 130 yilligiga bag‘ishlangan "Bizning meros" turkumidagi shaxsiy ko‘rgazmaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rgazma O‘zbekiston tasviriy san’ati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan atoqli rassomning boy ijodiy merosini keng jamoatchilikka taqdim etish, uning san’atdagi o‘rni va ijodiy faoliyatini yana bir bor yod etish maqsadida tashkil etildi.

🎯 Nadejda Kashina milliy rangtasvir maktabining shakllanishida muhim o‘rin tutgan san’atkorlardan biri hisoblanadi. Uning ijodi O‘zbekiston tabiati, xalqimizning turmush tarzi, urf-odatlari va milliy qadriyatlariga bo‘lgan samimiy muhabbat bilan sug‘orilgan bo‘lib, bu jihatlar rassomning ko‘plab asarlarida yorqin aks etgan.

🖼 Ko‘rgazmada rassomning rangtasvir va grafika yo‘nalishida yaratilgan 50 ta asari namoyish etildi. Asarlarning asosiy qismi rassomning turmush o‘rtog‘i Gennadiy Vasilyevich Gerasimov tomonidan Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi fondiga tuhfa qilingan. Ekspozitsiyadagi asarlar asosan XX asrning 1940-yillaridan keyingi davriga mansub bo‘lib, ayrim akvarel etyudlari undan avvalgi yillarda yaratilgan.

💬 Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar Nadejda Kashinaning o‘zbek tasviriy san’ati rivojidagi beqiyos xizmatlari hamda uning serqirra ijodi bugungi kunda ham yosh rassomlar uchun ilhom manbai bo‘lib xizmat qilayotganini alohida ta’kidladilar.

❗️Mazkur ko‘rgazma san’at ixlosmandlari, ijodkorlar, talaba-yoshlar va keng jamoatchilik uchun rassomning noyob ijodiy merosi bilan yaqindan tanishish imkonini bermoqda.