🎨 O‘zbekiston Badiiy akademiyasiga Namangan viloyati rassom ijodkorlarining O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi (O‘zBIU) viloyat bo‘limi faoliyatini rivojlantirishga oid murojaatini joyida o‘rganish va uning yechimini topish maqsadida Badiiy akademiya raisi o‘rinbosari Farhod Tashmuxamedov bugun Namangan viloyatida xizmat safarida bo‘ldi.
🤝 Tashrif doirasida O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi Namangan viloyat bo‘limi galereyasida murojaatchi ijodkorlar bilan uchrashuv va muloqot o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi raisi Ibroxim Valixo‘jayev ham ishtirok etdi.
💬 Uchrashuv davomida Namangan viloyati rassomlarining ijodiy yutuqlari, O‘zbekiston tasviriy san’atini rivojlantirish va targ‘ib etish, shuningdek yosh musavvirlarni tarbiyalash borasidagi sa’y-harakatlari alohida e’tirof etildi. Shu bilan birga, yechimini kutayotgan dolzarb masalalar ham muhokama qilindi.
📌 Uchrashuvda tashkiliy masala ham ko‘rib chiqildi.
O‘zBIU Namangan viloyat bo‘limiga a’zo rassom ijodkorlarning ko‘pchilik ovozi, taklifi va qo‘llovi asosida Badiiy akademiya tasarrufidagi Namangan ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati mutaxassislik fani o‘qituvchisi, Uyushma Namangan viloyat bo‘limi a’zosi, rassom Qo‘chqarov Azamat Shuhratjonovich O‘zBIU Namangan viloyat bo‘limi raisi lavozimiga saylandi.