close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Joriy yilning 17-iyul kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Rassomlik mahorat ustaxonasi stajyor-tadqiqotchilari — Sarvar Sulaymonov, Xurshid Ibragimov, Ulug‘bek Rajabov, Kamoliddin Xazratqulov va Siddiqbek Abdumo‘minov "Sharqning quyoshli palitrasi" an’anaviy ijodiy loyihasida ishtirok etish uchun Qirg‘izistonning Issiqko‘l viloyatiga jo‘nab ketishadi.

🌄 2011-yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan mazkur loyiha 17–24-iyul kunlari bo‘lib o‘tadi. Dastur doirasida mahorat darslari, ishtirokchilarning ijodiy taqdimotlari hamda rassomlarning ochiq osmon ostida manzara ishlash mashg‘ulotlari tashkil etiladi.

🏅 O‘zbekistonlik rassomlar ushbu an’anaviy xalqaro ijodiy loyihada yildan-yilga muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda. Ularning ijodiy ishlari har gal tomoshabinlar va mutaxassislar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olinadi.

🖼 Loyiha yakunida ishtirokchilar tomonidan yaratilgan asarlar ko‘rgazmasi tashkil etilishi rejalashtirilgan.