close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

🏅 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat, san’at va adabiyot sohalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni bilan mamlakatimizning bir guruh san’at fidoyilari yuksak davlat mukofotlari hamda faxriy unvonlar bilan taqdirlandilar.

🎨 Javlon UmarbekovO‘zbekiston xalq rassomi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi.

🎨 Maxmudov Mavzur —  Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti dotsenti, rassom“O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi.

🖌️ Xikmatulla Fayzillayev —   O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Respublika ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatining rassomlik bo‘limi o‘qituvchisi, naqqosh“O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi.

📜 Viktor ApuxtinO‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, grafik rassom (Toshkent shahri)“Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi.

📜 Xasan IsakdjanovPavel Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabining amaliy grafika fani o‘qituvchisi“Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi.

📜 Gulnora Raxmanovaerkin ijodkor, rassom“Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi.

🏺 Abduvoxid Karimovkulol va rassom (Toshkent shahri)“Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.

🏺 Rahimov Shohrux Alisher o‘g‘liKamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti San’atshunoslik va amaliy san’at fakulteti magistratura bosqichi 1-kurs talabasi, kulol“Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.