close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nuridinovning Isroilning O‘zbekistondagi elchixonasi 1-kotibi Bolislav Yatvetskiy bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

🖌 Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro tanishib, O‘zbekiston va Isroil o‘rtasida san’at va madaniyat sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.

Xususan, ikki mamlakatning san’at muassasalari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ko‘rgazmalar, madaniy tadbirlar va boshqa qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.

📌 Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni davom ettirish va kelgusida aniq loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha muloqotlarni davom ettirishga kelishib oldilar.